O‘tgan hafta Senatda Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda pasportning asl nusxasi talab qilinishini tanqid qilindi. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday talab yo‘q, biroq xorijga chiptalar sotilayotganda yo‘lovchi va aviakompaniyaga jarima sanksiyalari qo‘llanmasligi uchun vizali pasport so‘raladi.
Senat yalpi majlisida senator Boriy Alixonov O‘zbekistonda olinadigan chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini bildirdi. Unga ko‘ra, mamlakatda jon boshiga suv sarfi miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, poytaxtda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetadi.
UrDU kutubxonasida lift ishlamasligi sababli nogiron talaba ikkinchi qavatdagi o‘quv zaliga kira olmagan, brayl yozuvidagi barcha adabiyotlar o‘sha yerda joylashgan. Urganchdagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi oldida esa ovozli svetofor va bekatlar yo‘q, avtobuslarga maxsus moslamalar o‘rnatilmagan — Senat ishchi guruhi.
Senatning 18 yalpi majlisida sug‘urta faoliyati, Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Qolaversa, senatorlar Toshkent shahri va viloyati chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi va TIV hisobotini tinglaydi.
2020 yilda 2,5 mingdan ziyod byudjet muassasasida 301 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-taroj qilingan. Qurilish sohasida 124 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 41 ta va ta’lim sohasida 81 ta korrupsiyaviy omillar aniqlandi. Karantin muassasalarini qurishda 367 mlrd so‘mdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni uning ayrim moddalari talablarga mos kelmasligi sababli rad etishdi.
Senat raisi «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini aytib o‘tdi. «Temir daftar» tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi va ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada kisqartirishi kerakligi bildirildi. Buning uchun tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting